Universitet Kengashining 2022-yil 28-yanvardagi 6-sonli yig‘ilishida ma’qullangan “Odob axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalar” bilan tanishtirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Tarix fakultetining Tarix yo'nalishi 2- va 3-bosqich talabalarining ota-onalari uchun "Farzandlar bizning kelajagimiz" mavzusida yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilishda 2021-2022-o'quv yili 1-yarim yillik yakunlari, Hemis tizimi, talabalar o'rtasidagi Ijtimoiy-ma'naviy holat holat tahlil qilinib, yoshlarning ma'naviy dunyosi, tarbiyasi xususida so'z bordi. Shuningdеk, 1-yarim yillik natijalari bo'yicha ijobiy natijaga erishgan talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.