Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

"SALOMATLIK OYLIGI" DOIRASIDA

08:42, 27.04.2022      

Farg’ona davlat universitetining Tarix fakulteti professor-o'qtuvchilari o'rtasida “Salomatlik oyligi” doirasida sportning basketbol turi bo’yicha musobaqalar o'tkazildi. Musobaqada "O'zbekiston tarixi" kafedrasi g'alaba qozondi!

Talaba-qizlar o’rtasidagi sportning Voleybol turi bo’yicha musobaqalarida esa, Tabiiy fanlar va ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talaba-yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan o’yinda, Tabiiy fanlar g'alaba qozondi.

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim va Tarix fakultetlari talaba-yoshlari o’rtasida bo’lgan o’yinda esa, Tarix fakulteti talabalariga omad keldi.

Fizika-texnika va Zootexniya fakultetlari talaba-yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, Fizika-texnika fakulteti talaba-yoshlarining qo’li baland keldi.

Magistratura bo’limi va Filologiya fakultetlari talaba-yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan o’yinda, Magistratura bo'limi ustunlikka erishdi.

Matematika-informatika va San'atshunoslik fakultetlari talaba-yoshlari o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda, Matematika-informatika fakulteti g'alaba qozondi.

Oliygohdagi “Salomatlik oyligi”doirasida o’tkazilayotgan sport o’yinlari davom etmoqda.