Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI – MAKTABGACHA VA BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI YOSHLARI BILAN MULOQOTDA

08:45, 27.04.2022      

Oliygoh rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan fakultetlarda o'tkazilayotgan uchrashuvlar ayni vaqtda Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari bilan davom etmoqda.

Uchrashuvni samimiy suhbat orqali yoshlar olamiga chuqurroq kirib borishdan boshlagan universitet rahbari fakultet rahbariyatining ishtirokisiz muloqot olib bordi. Muloqotda talabalarga dunyoda sodir bo’layotgan notinchliklar va mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik mohiyati keng tushuntirib berildi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan O’zbekistonning buguni va ertasida yoshlarning qanchalik muhim o’rni borligi, Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan insonparvar islohotlar ijrosida talabalar faolligining ahamiyati yuksak ekani ochib berildi.

Ushbu bunyodkorlik yo’lida millat va yurt rivojiga to’sqinlik qiluvchi korrupsiya, loqaydlik, irodasizlik, e’tiqod va milliy o’zlikka hiyonatkorlik, bilimsizlik, ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri maqsadlarda foydalanishni bilmaslik, axborot olish madaniyatini o’zlashtirmaslik kabi illatlar bilan kurashishda yoshlar katta kuch ekanligi e’tirof etildi.

Rektor uchrashuv davomida talabalarning rejalari, takliflari, muammolari, bo’sh vaqtlarda qanday mashg’ulotlar bilan shug’ullanishlari bilan qiziqqan holda, yoshlarga yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari, hayotda o’z o’rnini topishlari, oliygoh nufuzi va sha’nini yuksaltirishlari borasida o’z tavsiyalarini berib o’tdi.