Universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadovning navbatdagi uchrashuvi Zootexniya hamda Mevachilik, uzumchilik va sabzavotchilik fakultetlarining guruh sarkorlari bilan bo’lib o’tdi. Bunda rektor shaharning A.Qodiriy dahasida va Oltiariq tumanidagi yangi binoda o’quv jarayonlarini boshlagan talabalarning shart-sharoitlari bilan qiziqdi.
Uchrashuvda talabalarga fuqarolik pozitsiyasi, talabaning oliygoh oldidagi burchi va vazifalari tushuntirib borildi. Bunda ta’lim dargohidagi sog’lom ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashda, hamjihatlikni saqlashda, talabalarning ezgu maqsadlar yo’lida birlashuvida guruh sarkorlarining o’rni alohida ekanligi qayd etildi.
… “Siz – endigina shakllanib kelayotgan yosh jamoaning kichik rahbarisiz.Oliygoh nufuzini oshirishda va yoshlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda men birinchi o’rinda - sizlarning ko’magingizga suyanaman.” - dedi rektor - guruh sarkorlariga.
Muloqotda ishtirok etayotgan rektor maslahatchisi N.Maqsudov talabalarning tengdoshlari hayotiga loqaydlik bilan munosabatda bo’lmasliklari, hamisha bir-birlarining faoliyatiga dahldorlikni, bir jamoa ekanliklarini his etishlari zarurligini ta’kidladi. Ayniqsa, bu borada talabalar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish yaxshi samara berishini, badiiy adabiyotlardan foydalanish uchun universitetda barcha imkoniyatlar yetarli ekanligini aytib o’tdi.
“Har bir talaba o’zini universitetning bir bo’lagi sifatida anglasa, bu uning o’zi uchun ham foydadan holi bo’lmaydi,” - dedi maslahatchi o’z so’zida.
O’z atrofiga tor dunyoqarash bilan boquvchiva ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli foydalanmay, turli zararli oqimlar ta’siriga tishib qolgan, to’g’ri yo’lidan adashgan yoshlar qismati talabalarga hayotiy misollarda ko’rsatib berildi.