Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

OGOHLIKKA DA'VAT

16:11, 28.04.2022      

Dunyoqarashi endigina shakllanib borayotgan, bor kuch-g‘ayratini faqat bilim olishga, izlanishga, hunar o‘rganishga sarflashi kerak bo‘lgan bir paytda, o‘smirlarni turli aldov yo‘llari bilan jinoyat qurboniga aylantirayotgan kimsalar oramizda yo’q emas. Asr muammosiga aylangan “Diniy ekstremizmga qarshi kurashish va uning ta’siriga tushib qolishdan ogoh bo’lish har bir shaxsning fuqarolik burchidir.

Yoshlarni internet tarmoqlaridan foydalanishda shu kabi masalalarda ogohlikka chaqirish maqsadida, universitetning Chet tillari fakultetida "Diniy ekstremizm oqibatlari va internet tarmog'idan foydalanish madaniyati" mavzusida talaba-yoshlar ishtirokidagi muloqotlar guruhlar kesimida davom etmoqda.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor xodimi, mayor A.Qodirov qatnashdi.