Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

EL ARDOG'IDAGI SHOIR

16:12, 28.04.2022      

Dilkash she’rlari bilan barcha ko’ngillardan joy olgan, xalqimizning sevimli farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi yurtimizning har bir go’shalarida keng nishonlanmoqda.

Shoir tavalludiga bag’ishlangan tadbirlar Farg’ona davlat universitetida ham bo’lib o’tdi.

Jumladan, Pedagogika-psixologiya fakulteti talaba-yoshlari o’rtasida shoir tavalludining 68 yilligi munosabati bilan "Muhammad Yusuf - el ardog'idagi shoir" nomli badiiy kecha universitetning “Book cafe”sidatashkil etildi.

Kecha Pedagogika-psixologiya fakulteti rahbariyati, tyutorlar va talaba-yoshlari, universitetning Axborot resurs markazi xodimlari hamda Farg’ona shahar IIB hodimlari ishtirok etdilar.

Talabalar tomonida shoir qalamiga mansub yangragan she’r va kuy - qo’shiqlar yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.