Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETIDA ANJUMAN

16:14, 28.04.2022      

Har qanday mamlakatning boyligi uning bilim va hunar egasi boʼlgan komil insonlarining borligidadir. Ilm insonni izlanishlarga, izlanishlar esa yuksak marralar sari yetaklaydi.

Oʼzining yuksak ilmiy salohiyatli kadrlariga ega bo’lgan Fargʼona davlat universitetida ilmiy tadqiqot ishlari qizgʼin tus olgan.

Jumladan, Fizika-texnika fakultetida “Yoshlarni fizika fani va ta’limi rivojlanishidagi o‘rni” mavzusida oliygoh ilmiy-texnik anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Zokirov, Fizika-texnika fakulteti rahbariyati, Fizika kafedrasi a’zolari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar, fizika-texnika yo’nalishida izlanishlar olib borayotgan yoshlar ishtirok etdilar.