Xalqaro hamkorliklar natijasida amalga oshirilayotgan ishlar o’z samarasini bermoqda. Jumladan, Ingliz tili va adabiyoti fakultetining TESOL xalqaro sertifikati uchun o'qiyotgan yetakchi ustozlari o'z bilimlari va tajribalarini amalda qo’lladilar. Ular fakultetning boshqa a'zolariga olgan bilimlarini amalda tadbiq etdilar.
Ingliz tilini o'qitish metodikasi kafedrasi yosh o'qituvchisi Abduxalimova Sarvinoz ustozlar tajriba va mahoratidan foydalanib, darsni noan'anaviy ijodiy tarzda universitetning innovatsion "Bookcafe" si va tabiat qo'ynida olib bordi.