O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 5081-sonli 20.04.2021-yildagi
9-may “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti o’qituvchisi zaxiradagi podpolkovnik M.Ruziboyev boshchiligida bir guruh talaba-yoshlar Farg’ona shahrida amalga oshirilayotgan, 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etdilar.