O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 26-yanvu kuni"2022-2026-yillargamo'ljallanganYangi O'zbekistonningtaraqqiyotstrategiyasinisifatli amalga oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar to'g'risida" kengaytirilgantarzda o'tkazilgan videoseleltor yig'ilishining 5-son bayoni asosida oliy ta'lim muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini o'rganishva yanada takomillashtirish maqsadida 2022 yil 5 may kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Ishchi guruh vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish markazi AKT bo`limi boshlig`i Saidjalolxon Gaziyev hamda darslik, o`quv qo`llanmalar va maxsus adabiyotlar bilan o`quv jarayonini ta`minlash bo`limi bosh mutaxassisi Islomjon Mamajonovlar o`rganish davomida Axborot resurs markazida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi, talabalar bilan suhbatlar o`tkazdilar.
Bugungi kunda universitet Axborot- resurs markazining umumiy fondi 71 858 nom 772 872 nushada bo‘lib, shundan, darsliklar 1 874 nom 118 862 nusha, o‘quv qo‘llanmalar 5 114 nom 237 869 nushada, ilmiy adabiyotlar 20 067 nom 268 507 nushada, badiiy adabiyotlar 44 728 nom 141 447 nushada boshqa adabiyotlar 75 nom 6 187 nushana tashkil etadi.Universitet rasmiyveb-saytida lib.fdu.uz saxifasi tashkil etilgan bo‘lib,darslik va badiy adabiyotlarning elektron nusxalari joylashtirilgan va talabalarga foydalanishga taqdim etilgan. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi universitet proofessor-o‘qituvchilarini ilmiy izlanishlar olib borishlarida amaliy yordam tashkil etilgan. Jumladan, Science direct, Scopus, EBSCO, Springer, ProQuestsaytlaridan foydalanib xorijiy adabiyotlar, ma’lumotlar, kitoblar, maqolalarni saytdan tortib olinmoqda.
Axborot-resurs markazi zamon talablariga javob beradigan texnik vositalar bilan jihozlangan, jumladan,70 takompyuter mavjud bo‘lib, shundan 43 tasi ARM kompyuter zaliga joylashtirilgan, kompyuter zali talabalar, professor-o‘qituvchilar, magistrlar, tadqiqotchilar, ishchi–xodimlar va aholining boshqa qatlamlariga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, 1 ta pereplyot qurilmasi, 1ta laminat qurilmasi (Fellowes A4), 1ta qog‘oz qirqish qurilmasi (Ideal 124), 4 ta printer, 3 ta tezkor skaner, 1 ta server kompyuteri, 40 ta planshet hamda kuzatuv kamera bilan ta’minlangan. Barcha kompyuter korporativ hamda internet tarmog‘iga ulangan.