Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FAHRIYLAR HOLIDAN HABAR OLINDI

14:35, 13.05.2022      

Muqaddas dinimiz o’zining insonparvarlik, mehr-oqibat g’oyalar asosiga qurilgan bo’lib, u barcha insonlarni ahil - inoq bo’lishga, kattalarni ulug’lash va qadrlashga, kichiklarga izzatda bo’lishga, yetim, beva, nochorlarni ulug’ kunlarda holidan habar olishga chaqiradi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni ham inson qadrini ulug’lashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga egadir.

Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti dekani va dekan o'rinbosarlari Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan sahovatli ishga qo’l urdilar. Ular fakultetda ishlab, hozirda nafaqada bo'lgan ustozlarni tabriklab, ular xonadonlari holidan xabar oldilar.