Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 505
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 394
    • Shikoyatlar 50
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

SPORTNING MINI-FUTBOL TURI BO‘YICHA MUSOBAQALARGA START BERILDI.

14:44, 13.05.2022      

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqalar boshlandi. Jumladan, Farg‘ona davlat universiteti talaba-yoshlarini jismoniy chiniqtirish va ommaviy sportga jalb etish maqsadida 15 ta fakultetdan futbol jamoalari saralanib, musobaqaning universitet bosqichiga start berildi.

Ochilish marosimida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o'rinbosari Y.Absoatov ishtirok etib, ishtirokchilarni samimiy qutladi.

Vazir o'rinbosari o'z so'zida mamlakatimizdagi 106 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan mini-futbol sport musobaqasi fakultet – universitet – hududiy oliy ta’lim muassasalari – Respublikadarajasida o‘tkazilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib, jamoalarga omad tiladi.

Shundan so‘ng musobaqalarga qur’a tashlanib, sport musobaqasi boshlanib ketdi.