Yurtimizda Xotira va Qadrlash kuni chinakam milliy – umumxalq bayramiga aylandi.
Inson bor ekan, xotira – muqaddas. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, g'alabaga munosib hissa qo'shgan har bir insonni yodda saqlaydi.
“9-May Xotira va qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Farg’ona davlat universitetida “Ustozlar yodi doimo qalbimizda” mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkillandi.
Jumladan,Tarix fakulteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi professor o'qituvchilari tashabbusi bilan universitet faxriy ustozi Yuridik fanlar nomzodi, dotsent Nabijon Siddiqovni xonadonida bo'ldilar hamda fakultet o'qituvchilari tashabbusi bilan universitet faxriy ustozlari T.Egamberdiyeva, A.Sharafiddinov, M.Mamanazarova, Lyubov Gumyonnaya, O.Hakimovalarning xonadonlariga tashrif buyurib, ustozlar holidan xabar oldilar.
Shuningdek, Matematika-informatika fakulteti Matematika kafedrasi professor o'qituvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan universitet faxriy ustozlari X.Mahmudov, X.Soliyev, M.Akbarovlarning xonadonlarida bo'lib, holidan xabar oldilar, hamda fakulteti Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi professor o'qituvchilarioliygohning faxriy ustozlari Mamasodiqova Shoiraxon va Ahmedov Zokirjonlarning xonadonlarida bo’lib, holidan xabar oldilar.