Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​XALQARO HAMKORLIK

14:58, 13.05.2022      

Mazkur yilning 16-martidan 30-apreliga qadar universitetning Matematika-informatika fakulteti Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori E.Karimov Belgiyaning Gent universitetida ilmiy safarda bo'lib qaytdi.

Safar davomida E.Karimov Gent universitetidagi professor M.Rujanskiy boshchilik qilayotgan “Analysis and PDE” xalqaro ilmiy markazida ilmiy tadqiqotlar olib bordi.

Gent universiteti va Farg'ona davlat universiteti o'rtasida anglashuv memorandumini tuzishga oid amaliy harakatlar universitetlarning matematika yo'nalishi bo'yicha boshlandi.

Universitetimizning yosh olimlarini xalqaro ilmiy markazda malaka oshirib qaytishlari borasida kelishuvga erishildi.