Diqqat e’lon!!!
15:50, 14.05.2022
Talaba-yoshlar o‘rtasida respublika miqyosida “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” va “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlovda maqola va inshoga qo‘yiladigan talablar:
- -mavzuning mazmun-mohiyati to‘la ochib berilganligi;
- -stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
- -adabiyotlardan foydalanganlik darajasi, tahliliy yondashuvlar va mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
- -o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
- -hayotiy misollardan кенг foydalanganligi;
- -dolzarb masallar va yechimlari bo‘yicha takliflar bildirilganligi;
- Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o‘zbek, rus va ingliz) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1 intervalda, chapdan 30mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi kerak.
- Tanlovga taqdim etiladigan insholar yozma shaklda bayon etiladi.
- Tanlovning universitet bosqichida g‘olib bo‘lganlar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
- Respublika bosqichida g‘olib bo‘lganlar quyidagi tartibda pul mukofoti va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:
- “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusidagi maqolalar:
- 1-o‘rin – 2 500 000 so‘m;
- 2-o‘rin – 2 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin – 1 500 000 so‘m.
- “Odam savdosi – davr muammosi” mavzusidagi insholar:
- 1-o‘rin – 2 500 000 so‘m;
- 2-o‘rin – 2 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin – 1 500 000 so‘m.
-
- Talabalar o‘zlarining ijodiy ishlarini 2022-yil 24-mayga qadar yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga taqdim etadilar.