Yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-sahovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda 9-may "Xotira va qadrlash" kunini yuksak saviyada nishonlash maqsadida kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan universitetining yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda faol talabalar bilan birgalikda universitet hududidagi avtomobillarga 9-may logativlarini haydovchilarni bayram bilan tabriklagan holda yopishtirib chiqdilar.
Shuningdek, universitet yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti hamda O'zbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi, Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti qoshida tashkil qilingan "Baxt sen bilan" erkin volontyorlik harakati ko'ngilli yoshlari bilan birgalikda Farg'ona shahar "Sahovat" uyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ko'ngilochar tadbir tashkil qilinib, sovg'alar tarqatildi va 9-may “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlangan “Sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazildi.
Loyiha davomida nuroniy otaxon va onaxonlarga“Sharaf lentasi” taqib qo‘yildi.