9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya kafedrasi professor o'qituvchilari, tyutorlari hamda talaba-yoshlari birgalikda universitet faxriy ustozi Usmonjon Obodov xonadonida bo'ldilar.
Ustoz U.Obodovning ibratli mehnat faoliyati, oliyjanobligi va yuksak ma'naviyati barchamizning qalblarimizda cheksiz g'urur-iftixor bag'ishlab yoshlarni Vatanparvarlik va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o’rnak bo'ldi.
Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari va talaba-yoshlari birgalikda universitetning faxriy ustozi Ahmadali G'ofurov xonadonida bo'ldilar.
Tashrif chog'ida talaba-yoshlarga davra suhbatlari tashkil etilib, ustoz tomonidan yoshlarga pand-u nasihatlar berildi.