Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALARIMIZ FESTIVAL G’OLIBI

18:08, 16.05.2022      

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 25-apreldagi 10/14011-sonli xatiga muvofiq, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2022-yilning 13-14-may kunlari “Yosh tomoshabinlar” teatrida Yettinchi frankofoniya teatr va qoʻshiq festivali o‘tkazildi.

Festivalda Farg‘ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti xorijiy til va adabiyoti, fransuz tili yo‘nalishining iqtidorli talabalaridan tashkil topgan teatr truppasi “Eng yaxshi sahnalashtirilgan spektakl” nominatsiyasi bo‘yicha 1-chi o‘rinni olib, festival g‘olibi bo‘ldilar va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdirlandilar.