Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

BADIIY-IJODIY KECHA

18:09, 16.05.2022      

Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida oliygohning talabalar turar joylarida talaba-yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillash chora-tadbirlari kun sayin kuchaytirilmoqda.

Jumladan, Maktabgacha va boshlang’ich ta`lim fakulteti tyutorlari tomonidan 6-sonli talabalar turar joyida sevimli bolalar adibi, shoir va yozuvchi G‘ofur G‘ulom tavalludining 119-yilligiga bag‘ishlangan badiiy-ijodiy kecha o’tkazildi. Kechada G‘.G‘ulomning hayoti va ijod yo‘li, uning qalamiga mansub she’r va hikoyalari yod etildi.

Kecha so‘ngida talabalar G‘ofur G‘ulomning nodir asari “O‘zbek film” tomonidan 1977-yilda suratga olingan “Shum bola” kinofilmini tomosha qildilar.