Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​18-MAY XALQARO MUZEYLAR KUNI

11:57, 19.05.2022      

Respublikamizda xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanmoqda. Bugungi kunda yurtimizda jami 124 ta muzey va uning filiallari faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 49 tasi asosiy muzeylar bo’lsa, 75 tasi filiallar hisoblanadi. 18- May kuni yurtimiz bo’ylab barcha muzeylar aholi uchun bepul xizmat ko’rsatadi.

Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Farg’ona davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tomonidan “Nilufar” talabalar teatr studiyasida “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirni muzey direktori S.M.Siddiqov kirish so’zi bilan ochib berar ekan, muzeylar, ularning jamiyat hayotidagi ahamiyati, yoshlarga ta’lim berishda jonli tarix bo’lgan muzeylarning o’rni xususida alohida to’xtalib o’tdi. Ma’ruzalar orqali yoshlarga Vatan va millat tarixi, xalqning kechagi o’tmishi, jamiyat taqdiri hamda bugungi yorug’ kunlar mohiyati uqtirildi.

Tadbirda universitetning yosh rassom talabalari tomonidan ajdodlar yod etilib, suratlari chizildi, iqtidorli yoshlar kuy-qo’shiqlar ijro etdilar. Farg’ona davlat universiteti muzeyi tomonidan hujjatli film hamda talabalar ishtirokida qatag’on siyosati amalga oshirilgan qora kunlarni, mash’um davrni namoyon etuvchi sahna asari namoyish etildi.