O’zining betakror iste’dodi, yuksak ma’naviyati va salohiyati bilan Yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan turli tanlovlarda ishtirok etib, bir qator yutuqlarga erishayorgan talaba- yoshlarimizqatori kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan, Farg’ona davlat universitetining Sa’natshunoslik fakulteti "TARONA" vokal-cholg'u ansambli jamoasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan "MUANBAR NAVOLAR" I-Xalqaro ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, "Eng yaxshi ansambl" nominatsiyasi bo'yicha g'olib bo'ldilar.
Shuningdek, tanlovda yana bir ishtirokchi talabamiz – San’atshunoslik fakulteti, Cholg’u ijrochiligi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Odinaxon Sharipova faxrli 2-o’ringa sazovor bo’ldi.
Ushbu jamoadoshlarimizning navbatdagi tanlovlarda ham ulkan yutuqlarga erishishlarini kutib qolamiz.