Xalqaro munosabatlar respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning eng muhim yo’nalishlaridan biridir.
Ayniqasa, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro munosabatlar o’z samarasini ko’rsatmoqda. Ushbu hamkorliklar davlatimizda oliy ta’limni rivojlantirish, ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llagan holda o`quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o`qituvchilarning malakasini oshirish kabi bir qator ishlar ko’lamini kengaytirishga xizmat qiladi.
Farg’ona davlat universitetida olib borilayotgan xalqaro aloqalar buning isbotidir. Jumladan, xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.O'rinov Tomsk davlat universiteti Boshqaruv psixologiyasi kafedrasi o’qituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi S.Y.Valeryevnani qabul qildi. Qabul davomida ikki oliy ta'lim muassasalarining hamkorlik istiqbollari yuzasidan rejalar kelishib olindi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasida Qozon federal universiteti vakillari M.I Petrovna va M.K.Mavrikovnalar universitetimizda bo'lib, xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor A.O'rinov hamda Pedagogika-psixologiya fakulteti hamkorligida pedagogika yo'nalishida rejalashtirilayotgan qo'shma ta'lim dasturi yuzasidan muzokaralar olib borildi.