Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz”shiori ostida tashkillanayotgan Respublikaesselar tanlovining hududiy bosqichi Farg'ona davlat universitetida bo’lib o’tdi.
Mazkur tanlovda, Oliygohning Filologiya fakultеti, 19/78-guruh talabasi Xoshimova Osiyo essеlar tanlovining viloyat bosqichida faxrli birinchi o'rinni egalladi.
Talabamizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida zafarlar tilaymiz.