Farg`ona viloyat sudi sudyasi U.Xo`jaqulov 2022 yil 20 may kuni jinoyat va huquqbuzarliklarni profilaktika ishlarini jonlashtirishga qaratilgan ish rejasi bo`yicha Farg`ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari yoshlari bilan sayyor uchrashuv o`tkazib, huquqiy targ`ibot ishlarini amalga oshirdi. Tadbirda sudya U.Xo`jaqulov tomonidan talaba yoshlarga “Qarz shartnomasining shakli va mazmuni” mavzusida ma`ruza qildi. Talabalar tomonidan fuqarolik huquqiy munosabatlar yuzasidan berilgan savollariga javob berildi.
Sayyor uchrashuvda 20 ortiq talaba-yoshlar qatnashdi.