Ijtimoiy-iqtisodiyot fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig’i A.To’raxanov tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish” masalalari yuzasidan seminar bo'lib o'tdi.
Seminarda fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir davomida tinglovchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha tegishli me’yoriy hujjatlar talablari haqida ma’lumot berildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda uning bandlari bilan talaba-yoshlarni yaqindan tanishtirdilar.
Seminar davomida talabalar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.