Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

09:12, 26.05.2022      

"Nilufar" talabalar teatr studiyasida Farg'ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi mayorlari, Tabiiy fanlar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi, Biologiya kafedrasi mudiri, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirokida “Tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar himoyasi sud tomonidan kafolatlanishi, ularni alohida himoyaga olish bir yilgacha muddatga belgilanishi haqida gapirib o’tdilar.

Shuningdek, ishtirokchilarga tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarni Mahalla fuqarolar yig’inlarida itimoiy himoya qilish komissiyalari tarkibi va ularning maqsad va vazifalari bilan tanishtirdilar.