Xalqimizda xayr-saxovat qilish insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bog‘lanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, jamiyat ravnaqi uchun olib borilayotgan ishlarning rivoj topishiga xizmat qiladi.
Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti dekani va talaba-yoshlar tashabbusi bilan amalga oshirilgan hayriya kechasining maqsadi ham shunga qaratildi. Ular, Farg'ona shahar 86-imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatida tahsil oluvchi o'quvchilar uchun o'quv yili yakuniga bag'ishlangan badiiy kecha tashkilladilar.
Tadbirda fakultet talabalari ijrosidagi kuy-qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi. O'quvchilarga fakultet dekani tomonidan sovg'alar berildi. Ertak qahramonlari tadbirga ko'tarinkilik kayfiyatini baxsh etdi.