Chet tillari fakultetida oliygoh rahbariyati, kafedra a’zolari, yosh ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, magistrantlar ishtirokida “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari va xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuv” (Current issues of modern linguistics and innovative approaches in foreign language teaching) mavzusi doirasida 3-chi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tdi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, hamda Farg'ona davlat universiteti hamkorligida tashkil etildi va platforma orqali onlayn auditoriya ham qamrab oldi.
Konferensiyada chet ellik professor-oqituvchilaridan Woomie Kim (George Mason Univeriteti, AQSh), Hartman Douglas ( Michigan State universiteti, AQSh), Richard Silburn (Manchester Metropolitian Universiteti , Angliya) Yuta Otake ( New York university, AQSh), Sunghwa Lee ( KIUF universiteti), Slavka Tomascikova ( Pavol Josef Safarik Universiteti (Slovakia), Denni Klapper DAAD (Germaniya), Armen Kassabian, Kate V. Bridgman, Estella Eaton, Ralph Schusler, Adrienne Lee Seo (AQSh) o’z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.