Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FARG‘ONA DAVLAT UNIVЕRSITЕTIDA KЕNGASH YIG‘ILISHI

17:12, 28.05.2022      

Oliygohda o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda yo’riqnoma hujjatlar ijrosi, fizika-matematika fanlarini o’qitish tizimini takomillashtirish choralari, professor-o’qituvchi va talabalar o’rtasida ij timoiy-ma`naviy muhit barqarorligini ta’minlash, buzg’unchi g’oyalar tarqalishining oldini olish tadbirlari, maktabgacha va boshlang’ich ta`lim, iqtisodiyot, fakultetlarda hamda sirtqi ta'lim bo’limda ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash faoliyati tanqidiy-tahliliy ravishda muhokama etilib, atroflicha ko'rib chiqildi.

Shuningdek, universitetda tarmoq korxonalari bilan aloqani mustahkamlash, malakaviy amaliyotlar samaradorligini oshirish holati, kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan professorlar hisoboti, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, universitet tuzilmalarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlashning holati, ilmiy laboratoriyalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash faoliyatiga alohida to’xtalib o’tildi.

Kengash avvalida ilmiy yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchilar universitet rektori tononidan munosib taqdirlandilar.

Jumladan:

Fuqarolik kafedrasi o’qituvchisi Axronqulov Anvar Anvarovich - Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori;

Falsafa kafedrasi o’qituvchisi Axmadiyev Nuriddin Muhitdinovich – Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori;

Adabiyotshunoslik kafedrasi o’qituvchisi Hamidov Mirolimbek Mansur o’g’li – Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga erishganliklari hamda San`atshunoslik fakulteti, Vokal va cholg’u ijrochiligi kafedrasi o’qituvchisi Xojimamatov Azimjon – Buxoroda o’tkazilgan yosh ijrochilarning “Shashmaqom” Respublika festivalida faxrli 1-o’rinni egallaganligi munosabati bilan taqdirlandilar.

“Universitet olimpiadasi” g’oliblari taqdirlandi!

Kengashda Farg’ona davlat universiteti tashabbusi bilan viloyat miqyosida umumta`lim maktablari uchun kimyo, biologiya va fizika fanidan o’tkazilgan “Universitet olimpiadasi” g’oliblari munosib taqdirlandilar.

"Talabalar yutug’i - bizning asl natijamizdir"

Ushbu yig’ilishda Jahon arenalarida O’zbekiston bayrog’ini baland ko’tarib, Vatan taqdiri, Farg'ona davlat universiteti sha'ni uchun munosib harakat qilayotgan, sport va san`at yo’nalishlarida o’zlarining yutuqlari bilan tengdoshlariga o'rnak ko'rsatayotgan faol talabalarimiz universitet rektori tabrigi va qutlovlariga sazovor bo'ldilar.