Chet tillari fakulteti tashabbusi bilan kechki ta'lim talaba-yoshlari hamda universitet rektori maslahatchisi Nuriddin Maqsudov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda diniy ekstremizmga qarshi kurash, korrupsiya va uni oldini olish yo'llari, talabalar o'rtasidagi ijtimoiy-ma'naviy muhit, odob-axloq qoidalari, ichki tartib-qoidalar, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati hamda kiyinish madaniyati kabi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbir samimiy va ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tdi hamda talabalar o'zlari qiziqqan masalalar bo'yicha berilgan savollariga javob oldilar.