Farg’ona davlat universitetida olib borilayotgan Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.
Jumladan,Pedagogika-psixologiya fakultetiga Rossiya Federatsiyasining Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali psixologiya fanlari doktori,professor B.Qodirov tashrif buyurdi.
B.Qodirov Psixologiya kafedrasi 2-bosqich talaba-yoshlarga differensial psixologiya fanidan dars mashg’ulotlarini olib bordi.
Shuningdek, Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari doirasida Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakultetiga Qozog‘iston agrar universitetidan qishloq xo‘jaligi fanlari doktori,professor Oleychenko Sergey Nikolayevich hamda Qozog‘iston milliy universitetidan geografiya fanlari doktori, professor Baxadirxan Sharipovich Abdimanalovlartashrif buyurdi.
Tashrif davomida, Baxadirxan Sharipovich Abdimanalov "Agrometrologiya" fanidan, Oleychenko Sergey Nikolayevich qo'shma fakultetining 2- bosqich talabalariga "Oʻsimliklarni himoya qilish" va "Dehqonchlik" fanlaridan ma’ruza mashg‘ulotlari olib bordi.