Onalarni e’zozlash yurtimizda ezgu qadriyat bo’lib kelmoqda. Ularga bo’lgan mehr-muhabbatimizni namoyon etish orqali, o’sib kelayotgan yosh avlodni ongu-shurida farzandlik burch va mas’uliyat singari fazilatlarni shakllantiramiz.
Shu maqsadda, Farg’ona viloyatida “Onalarga ehtirom” festevali bo’lib o’tdi. Mazkur festival doirasida 24 ta turli nominatsiyalar bo’yicha jamiyatda o’z faollik ko’rsatayotgan ayollar viloyat hokimi X.Bozorov tomonidan taqdirlandilar.
Taqdirlash marosimada Farg’ona davlat universitetida faoliyat olib borayotgan Gender tadqiqotlar markazi rahbari, professor T.Egamberdiyeva "Onalarga ehtirom" festivalining Farg'ona shahar bosqichida "Eng yaxshi muallim" nominatsiyasi bo'yicha mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Shuningdek, Zootexniya fakulteti professori, qishloq xo'jaligi fanlari doktori S.Zakirova "Onalarga ehtirom" festivalining Farg'ona shahar bosqichida "Eng yaxshi olimlar sulolasi onasi" nominatsiyasi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Yana bir jamoadoshimiz, San'atshunoslik fakulteti musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi, O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Layloxon Tursunova "Onalarga ehtirom" festivalining Farg'ona shahar bosqichida "Eng yaxshi san'atkorlar sulolasi onasi" nominatsiyasi bo'yicha mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.