Yoshlarni bo’sh vaqtlarini sportga jalb qilish hamda sportning milliy kurash turini yanada rivojlantirish maqsadida, Farg’ona viloyatining so’lim go’shalaridan biri bo’lgan Farg’ona tumaning markazida joylashgan “Chinor tagi istirohat bog’i”da“Hamid polvon va Temur polvon” xotiralariga bag’ishlangan an’anaviy Milliy kurash musobaqasining Respublika ochiq turniri bo’lib o’tdi.
Mazkur musobaqa Farg’ona viloyati prokuraturasi, viloyat hokimligi, O’zbekiston kurash federatsiyasi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, Belbog’li kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlari hamda Tojikiston Respublikasidan sportchilar ishtirok etdi.
Ushbu turnirda Farg’ona davlat universiteti Jismoniy madaniyat Fakulteti 3-bosqich talabasi M.Nuronovfaxrli 1-o’rinni egalladi.