Muhtaram Prezidentimizning "Zakovat intellektual o'yinlarini aholi o'rtasida ommaviy-ma'rifiy harakatga aylantirish va shu kabi intellektual o'yinlarini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori o'z amaliy natijasini ko'rsatgan holda, bugungi kunda "Zakovat" intellektual o'yinlariga e'tibor kuchayib bormoqda.
Farg’ona davlat universitetida Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda “Zakovat” intellektual klubi tomonidan Talabalar ligasi doirasida "Rektori kubogi" uchun final o'yini o‘tkazildi.
Eng quvonarlisi – birgina universitet doirasidagi ushbu musobaqaning sovrin jamg’armasi 18 million so‘mni tashkil qildi.
Turnirda oliygoh talabalaridan tashkil topgan jami 46 ta jamoalar o'zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar dastlabki 3 ta o‘rinni egalladi:
1-o‘rin - "Vodiy Magistlari"
2-o‘rin - “FarDU” jamoasi;
3-o‘rin - “Omadli jentelmenlar” jamoasi!
G'olib jamoalarga quyidagi miqdorda pul mukofotlari hamda estalik sovg’alaritopshirildi:
1-o‘rin – 9 million so‘m;
2-o‘rin – 6 million so‘m;
3-o‘rin – 3 million so‘m.