Harbiy qasamyod - qurolli kuchlar safiga kirayotgan har bir fuqaroning Konstitutsiya va qonun talablariga binoan Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga beradigan tantanali vaʼdasi (qasami).
Ushbu marosim bizga ajdodlardan qolgan ulug’ merosdir. Harbiy qasamyod – o ’zbek o’g’lonining Vatan oldidagi tugalmas mehr-muhabbat ifodasi, xalqining o’tmishini o’zida aks etgan, ajdodlarning orzu-umidlari mujassam bo’lgan, xalqning urf-odatlari, anʼanalariga bo’lgan chuqur ehtirom tuyg’usidir.
Harbiy qasamyod qurolli kuchlarda harbiy intizomni mustahkamlash, uyush-qoqlik va harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik hissiyotlarini uygʻotishda katta rol oʻynaydi.
Fargʼona davlat universitetining Harbiy taʼlim fakulteti ikkinchi bosqich talabalari, Farg'ona gornizonidagi harbiy qism bazasida Vatanga qasamyod qabul qildilar.