Talabalar o’rtasida iqtidorli hamda iste’dodli yoshlarni, qobilyatlarini yuzaga chiqarish va ularni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlarini ta’minlash maqsadida, Farg’ona davlat universitetida o’tkazilayotgan an'anaviy "Talaba bahori" yoshlar fesivalining so’nggi turi bo’lib o’tdi.
Festevalning yakuniy yopilish marosimida oliygohning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Poziljon Otaqulov so’zga chiqib, talabalikning eng unutilmas onlarinihamjihatlikdao’tkazayotgan talaba yoshlarning keying o’qishlari va faoliyatlarida omadlar tiladi.
So’nggi jamoa Tarix fakultetining iqtidorli talaba-yoshlaridan tashkil topgan “Temuriylar” jamoasi bo’ldi.
Mazkur tanlovda iste'dodli, zukko va quvnoq talaba-yoshlaridan tashkil topgan jamoaning chiqishlari, hakamlar hay'ati tomonidan odilona baholab borildi.