Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​MUHIM AXBOROT INFRATUZILMASI VA OBEKTLARINING KIBERXAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BORASIDA

18:26, 09.06.2022      

O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirishva telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi topshiriq xati va O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tayyorlangan, muhim axborot infrotuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini ta’minlashning dolzarbligi, ularning zaifliklari va kamchiliklari tufayli vujudga kelishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlar hamda respublikada amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida ma’lumot beruvchi videorolik targ’ibotiga muvofiq, universitetda “Muhim axborot infratuzilmasi va obektlarining kiberxavfsizligini ta’minlash” mavzusida yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

Bunda O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan taqdim etilgan kiberjinoyatlar maqsadini ochib beruvchi viderolik ham namoyish etildi.

Tadbirda ishtirok etayotgan rektor maslahatchisi N.Maqsudov o‘z so‘zida, yurtboshimiz tomonidan oliy ta’lim sohasiga, ayniqsa axborotlashtirish tizimigaqaratilayotgan e’tibor, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirib, universitetda korrupsiya, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, unga qarshi kurashishda huquq-tartibot organlari bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlariga to’xtalib o’tdi.

Yig’ilish so’ngida oliygoh miqyosida kiberxavfsizlik tizimi haqida yoritib borish, kiberhujumlar, kiberjinoyat xususida tushuncha beruvchi tadbirlar o'tkazish, targ’ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish vazifalari belgilab olindi.