Farg’ona viloyatida o’tkazilayotgan “INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida Farg'ona davlat universitetining Gender tadqiqotlar markazida “Tabiat, ekologiya va ayol” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Seminarni ilmiy ishlar bo’yicha prorektor I.Zokirov ochib berar ekan, xotin-qizlarni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, xususan, oliygohdagi jonkuyar ayollar faoliyatiga ham alohida to’xtalib o’tdi.
Seminarda “Ayol bir qo’li bilan beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratadi” mavzusida markaz rahbari, professor - T.Egamberdiyeva, “Farg’ona Filologiya maktabining shakllanishida olima ayollarning o’rni” mavzusida filologiya fanlari doktori, professor, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi - Sh. Iskandarova,“Ayollar ijtimoiy faolligini oshirishda oila, ta’lim muassasasi hamda mahalla hamkorligi” mavzusida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent -N.O’rinova, “Zamonaviy ta’lim rivojida xotin-qizlarning o’rni” mavzusida fIlologiya fanlari nomzodi, dotsent - B.Qurbonova va bir qator olimalarlarning ma'ruzalari, amaliy tahlillari tinglandi.