2022-yilning 10-13-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy federal universiteti tomonidan “Русский мир Азии” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazilmoqda.
Mazkur konferensiyada ishtirok etish va ma’ruza o’qish uchun Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.A.O‘rinov hamda rus filologiyasi kafedrasi katta o’qituvchisii A.Qosimovlar ishtirok etmoqda.
Shuningdek A.O’rinov va A.Qosimovlar “Университеты и развитие геостратегических территории России” mavzusidagi forumda ishtirok etdilar.
Forum doirasida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor“Роль русского языка в формировании нравственной сферы общества” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Shuningdek mazkur tashrif davomida Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy federal universitetibilan hamkorlikda anglashuv memorandumi imzolandi.