Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

E ` L O N

10:44, 11.06.2022      

2022- yil 15-iyun kuni soat 10:00 da Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019. FM.05.04 - raqamli ilmiy kengash qoshidagi 01.01.02- «Differensial tenglamalar va matematik fizika» ixtisosligi bo‘yicha tuzilgan ilmiy seminarining majlisi online tarzda o‘tkaziladi.

KUN TARTIBI:

Aliqulov Yolqin Qodirovichning 01.01.02- “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha «Uch o‘lchovli fazoda aralash tipdagi yuklangan tenglamalar uchun Trikomi va Gellerstedt masalalari» mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi.

Ilmiy seminarning online tarzdagi majlisiga barcha seminar a’zolari va tegishli mutaxassislar taklif etiladi.

Seminar ZOOM orqali o’tkaziladi. ZOOM IDsi va Parolini qo’shimcha xabar qilinadi

Manzil: Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi 19, Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakulteti binosi, 2-qavat.