Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​KOMPLAYENS-NAZORAT TIZIMI: "KORRUPSIYASIZ JAMIYAT QURAMIZ!"

17:10, 15.06.2022      

Farg'ona davlat universitetining korrupsiyaga qarshi kurashuvchi Komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo'limi tomonidan "Korrupsiyasiz jamiyat quramiz!" shiori ostida "Korrupsiyasiz ta'lim" nomli seminar-trening tashkil etildi.

Treningda ishtirok etayotgan Komplayens-nazorat tizimini boshqarish bo'limi boshlig’i A.Turaxanov talaba-yoshlarga oliygohda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berib o'tdi.

Yoshlar bilan o’tkazilgan ochiq muloqot davomida bugungi kunda oliy taʼlim tizimi taraqqiyotiga toʼsiq boʼlayotgan korrupsion illatlar, uning sabab va oqibatlari keng ochib berildi.