Yoshlar o‘rtasida turli salbiy illatlarni oldini olish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoyalash, xavfsizligini ta'minlash bugungi kunda davlat siyosatiningasosiy masalalaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Bugun Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan seminar ham yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, nikoh va oila qonunchiligi masalalariga qaratildi.
Bunda Farg‘ona viloyati sudining raisi Kamolov Shuhrat Maratovich, Viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Toshmirzayev Sherzod O‘ktamovichlar yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borgan holda, talabalar bandligini ta'minlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish vazifalari xususida tushunchalar berib o‘tdilar.
Tadbirda so‘z olgan oliygoh birinchi prorektori P.Otaqulov o‘z ma'ruzasida korruptsiya, diniy ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlar aynan shu huquqbuzarliklardan boshlanishini ta'kidlab o‘tdi.