-Aziz xamyurtlar! O‘zingiz va yaqinlaringiz xayotini, uy-joyingiz hamda mol-mulkingizni asrash maqsadida quyidagi yongin xavfsizligi qoida talablariga amal qiling.
- uyingizda yonib turgan gaz va elektr asbob uskunalarni nazoratsiz qoldirmang;
- nosoz gaz va elektr asbob uskunalaridan foydalanmang;
- isitish pechi va uchoqlarga olov oldirish uchun benzin, kerosin, solyarka kabi tez alanga oluvchi vositalardan foydalanmang;
- gaz gorelkasi va isitish pechlari ustida kir quritmang;
- gazni rezina shlang orqali ulab ishlatmang;
- gazni yoqishdan oldin gugurtni yoqib so‘ngra gaz jumragini asta sekin oching;
- isitish pechi va uning mo‘risini nosoz joylarini uz vaqtida taʼmirlangan;
- isitish pechi murikonalarini binoning yog‘ochkismidan 38 sm dan kam bo‘lgan masofada o‘rnatmang;
- uyingizni qo‘shni imoratlari chordog‘i bilan tutashgan joylariga yong‘inga qarshi devor o‘rnatishni unutmang;
- isitish pechlarini qattiq qizdirib yubormang, ularni yaqiniga mebel va boshqa tez yonadigan buyumlarni qo‘ymang;
- isitish pechini o‘rnatish uchun maxsus ustalarini chaqiring
- nostandart va qo‘lbola saqlagichlardan (predoxranitel) hamda vaqttincha o‘tkazilgan simlaridan foydalanmang
- elektr simlarining uzilgan va ishdan chiqqan qismlarini tezda sozlang yoki almashtiring
- ikki va undan ortiq elektr asboblarini bir vaqtni o‘zida ishlatmang
- elektr simlarini burama yoki qattiq tortilgan xolda o‘tkazmang
- qulbola yasalgan elektr asboblaridan va gazga moslashtirilgan isitish vositalaridan foydalangmang
- yoqilgan isitish pechi, gaz va elektr asboblarini qarovsiz qoldirmang ularni yosh bolalar ixtiyoriga topshirmang
- yosh bolalarga isitish pechi, gaz gorelkalari va o‘choqlarga o‘t yoqishni buyurmang
- yosh bolalarni gugurt va olov bilan o‘ynashlariga yo‘l qo‘ymang va ularni qarovsiz qoldirmang
- qozonda dog‘ qilinayotgan yog‘ni nazoratsiz qoldirmang
- o‘rinda yotib sigareta chekmang
- tom va chordoqlarda xashak va boshqa tez yonuvchan narsalarni saqlamang
- uydan chiqishdan oldin gaz va elektr uskunalarni (plita, dazmol, televizor va boshqalar) o‘chirilganligini tekshirib chiqing
- axoli yashash uylarida yengil-tez alangalanuvchi yoqilg‘i maxsulotlari og‘zi mahkam yopiladigan temir idishlarda saqlansin va 20 litrdan ortiq benzin, xamda 5 litrdan ortiq moy maxsuloti saqlash qatʼiyan man etiladi
- ko‘p qavatli uylarning xonadonlarida yengil-tez alangalanuvchi yoqilg‘i maxsulotlari saklash takiklanadi.
- ko‘p qavatli uylar oldidagi uylarda sunʼiy to‘siqlar qo‘yish va o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha inshootlar qurish taqiqlanadi.
- yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan «101” telefon raqami orqali Yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar bering.
Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shahrimiz fuqarolaridan yuqoridagi oddiy bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoida talablariga amal qilishingizni va xar doimo yodda tutishingizni so‘rab qoladi.
Farg‘ona shahar FVB PNB
mutaxassisi serjat
A.Olimjonov