Xonadoningizda, ish joyingizda yoki qo‘ni-qo‘shnilaringiznikida yong‘in sodir bo‘lganda zudlik bilan «101” telefon raqami orqali Yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar bering.
Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yetib kelgunlariga qadar quyidagi chora-tadbiralarni amalga oshirish kerak:
- uy ichida odam qolgan bo‘lsa uni olib chiqish choralarini ko‘rish
- shaxsiy xujjatlarni va kimmatbaxo buyumlarni olib chiqish:
- o‘zingiz va qo‘ni-qo‘shnilar yordamida mavjud vositalar (chelak, shlang orqali suv sepib va boshqa) bilan yong‘innni o‘chirish choralarini ko‘rish:
- garajda yong‘in sodir bo‘lganda avtomobil ichkarida bo‘lsa tashqariga chiqarish:
- benzin sig‘imlari mavjud bo‘lsa to‘la yoki bo‘shligidan qatʼiy nazar garajdan tashqariga olib chiqish choralarini ko‘rish:
- uyda gaz xidi sezilsa gugurt chaqish va elektr chirog‘ini yoqish portlash sodir bo‘lishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday vaziyatlarda eshik va derazalarni ochib xonani shamollatish va bu xaqida zudlik bilan gaz idoralariga xabar berish kerak:
- agar qozonda qizdirilayotgan yog‘ yonib ketsa unga suv sepmang–bu xarakatingiz yog‘ sachrashiga va quyish tan jaroxati olishingizga sabab bo‘lishi mumkin, ushbu xolatda faqatgina qozonni qopqog‘ini yopib, olovni pasaytirish yoki o‘chirish kerak:
- televizor yoki boshqa elektr asboblarida yong‘in sodir bo‘lsa birinchi navbatda ularni elektr manbayidan o‘chirish kerak:
- xonadoningizda yoki qo‘ni-qo‘shnilaringiznikida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘z kuchingiz bilan o‘chirib olgan bo‘lsangiz xam bu haqida albatta yong‘in xavfsizligi xizmatiga xabar bering.
Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shahrimiz fuqarolarini ogoxlikka chaqirib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulotda xolatlarni oldini olish maqsadida yuqorida keltirilgan yong‘in xavfsizligi qoida talablariga to‘liq amal qilishingizni so‘raydi.
Farg‘ona shahar FVB PNB
mutaxassisi serjat
A.Olimjonov