Uzumchilik, mevachilik va savzavotchilik qo’shmafakultetida Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlari doirasida Oltiariq tumani 89-sonli Oilaviy poliklinikaning shifokor mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda talaba-yoshlarga OIV ning inson organizmi va salomatligiga zarari, insonni ma’naviy va moddiy holatini izdan chiqarishi kabi oqibatlari hamda har bir shaxs giyohvandlik va narkojinoyatlarga behuda aralashib qolishdan ehtiyotkor bo’lishi, talabalar bo‘sh vaqtida foydali mashg‘ulotlar bilan band bo‘lishi kerakligi haqida zarur ma’lumotlar berildi.