Ilm dunyodagi eng bebaho boylik bo’lib, uni egallash oson ish emas. Donolar ilm olishni, igna bilan quduq qazishdek mashaqqati borligini ta’kidlaganlar. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo'lishida ustozning o'rni beqiyosdir, albatta.
Imyaminjon Qirg'izov ham shunday fidoyi ustozlardan biridir.
Farg’ona davlat universitetining San`atshunoslik fakulteti, Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi Imyaminjon Qirg'izov tavalludining75 bahorini qarshi olganligi munosabati bilan “Nilufar” talabalar teatr studiyasida “Musiqiy ta’lim tizimining rivoji:ustoz-shogird an’analari barhayot” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi.