Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor O'rinov A. A. va rus filologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi Qosimov A. R. "Rossiya geostrategik hududlarining universitetlari va rivojlanishi (Rossiya Federatsiyasi, Saxa Respublikasi (Yakutiya))" forumida ishtirok etdilar.
Tashrif davomida "M. K. Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy federal universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasi (SVFU), Rossiya va Farg'ona davlat universiteti (Farg'ona), O'zbekiston Respublikasi o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.