Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​OLIYGOH VAKILLARI YAPONIYANING HIROSHIMA UNIVERSITETIDA

13:26, 22.06.2022      

Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari doirasida Farg’ona davlat universitetidan tashrif buyurgan vakillari, Yaponyaning Hiroshima universitetining xalqaro munosabatlar bo’yicha ijrochi vitse presidenti, professor Toshiyuki Sato hamda Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti dekaniprofessor Shinichi Kobayashi, dekan o’rinbosari professor Takuya Babalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muzokaralar davomida universitetda yapon tilini online o’qitishniyo’lga qo’yish istiqbollari, kelgusida professorlar va talabalar almashinuvi va zamonaviy fanlar uchun o’quv dasturlarini ishlab chiqishmasalalari yuzasidan muhokamalar bo’lib o’tdi.

Shuningdek, xalqaro hamkorlik uchrashuvlari doirasida oliygoh vakillari Tokiyoning Qishloq xo’jaligi va texnologiyalar universitetida bo’ldilar.

Tashrif davomida Tokiyo Qishloq xo'jaligi va texnologiyalar universiteti professori Dr. Yoshiko Kawabata bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida ikki oliygoh qishloq xo’jaligi yo’nalishida professor-o’qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini joriy etishga kelishib oldilar hamda shartnomalar qabul qilindi.