Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

SIRTQI BO’LIMDA XOTIRA KECHASI

17:19, 23.06.2022      

Bugun, Farg’ona davlat universitetining Sirtqi bo’limda xalqimiz ardoqlagan san’atkor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, “Shuhrat” medali sohibi Oxunjon Madaliyev (1963-2000) tavalludining 59 yilligiga bag’ishlangan “Unutmoq osonmas bizlarni” nomli xotira kechasi bo’lib o’tdi.

Tadbirda Universitet ma’muriyati, Oxunjon Madaliyevning ustozlari, do’stlari, shogirdlari va oila a’zolari ishtirok etdilar. Kechada qisqa va mazmunli umri davomida o’zining sermazmun va serqirra ijodi bilan qo’shiqchilik san’atiga salmoqli xissa qo’shgan, san’at olamida o’chmas iz qoldirgan san’atkorning hayoti va faoliyati, insoniyligi haqida iliq so’zlar bilan yodga oldilar.

Tadbir davomida, Oxunjon Madaliyev ijodiga oid qo’shiqlar va uning xotirasiga bag’ishlangan she’rlar yig’ilganlarda katta taassurotlar qoldirdi.