Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 339
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 255
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​HUQUQIY TARG’IBOT MASALALARI

08:54, 24.06.2022      

Mamlakatimiz hayotda ayollarning o’rni va maqomini oshirish o’ta muhim ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda ayollarning ijtimoiy faolligini kuchaytirish, ularning bandligini ta’minlash, oila institutini, onalik va bolalik muhofazasini yanada kuchaytirish bo’yicha samarali chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Mamlakatimizning davlat va jamiyat boshqaruvini barcha bo’g’inlarida, ayollarning siyosiy va huquqiy madaniyati darajasi hamda ijtimoiy faolligi oshib borayotganini kuzatish mumkin.

Bugungi kunda, ayollar o’z bilimi va tajribasi, malakasi va mahorati bois ko’pgina sohalarda yetakchi o’rinni egallashgan. Hayotimizda borgan sari muhim ahamiyat kasb etayotgan soha va tarmoqlar taraqqiyotini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sohalar, ilm-fan, tibbiyot, ta’lim va tarbiya, madaniyat va san’at hamda boshqa jabhalarni ayollarning ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin.

Jamiyatimizda ayollarning faolligini yanada oshirish maqsadida, Farg’ona viloyati “Mehrjon” ayollar va bolalar markazi tomonidan “Voyage” mehmonxonasida 4 kunlik o’quv seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitetning Tarix fakulteti o’qituvchilari I.Nurmatova hamda K.Xonkeldiyeva ishtirok etdilar.